10:08 (01.04.2025)
169
Farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi mahalliy korxonalar GDP - Zarur distribyutorlik amaliyoti sertifikati asosida faoliyat olib borishi kerak.
Avvalroq, faqatgina “Namangan Dori-Darmon” aksiyadorlik jamiyati qolgan, bu yerda ham GDP talablari bo‘yicha tamirlash ishlari tugatilgani, tez kunlarda sertifikat olishi kutilayotgani haqida xabar bergan edik. "Namangan Dori-Darmon" AJ GDP sertifikatini oldi.
"Dori-Darmon" aksiyadorlik kompaniyasi va tizimidagi barcha jamiyatlar to‘liq GDP talablariga javob beradi.
Bu kompaniya va uning tizimidagi jamiyatlarning dori vositalarini olib kelish, saqlash, yetkazib berishda, bir so‘z bilan aytganda distribyutorlikning barcha bosqichlaridagi faoliyati ishonchli, sifatli va samarali ekanligini kafolatlaydi.
Tanlovda adashmang!