17:45 (04.10.2024)
292
Antikorrupsiya agentligi tahliliga ko‘ra, 2024-yilning yarim yilligida banklar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Sog‘liqni saqlash, Bandlik va Qishloq xo‘jaligi vazirliklari tizimida korrupsiyaga oid jinoyatchilik kamaydi. Maktab va bog‘cha ta’limi vazirligi, mahalliy hokimliklar xodimlari orasida esa ortdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Oliy sud taqdim etgan ma’lumotlar asosida 2024-yilning I yarim yilligidagi korrupsiyaga oid jinoyatchilik tahlilini e’lon qildi.
Tahlillarga ko‘ra, mazkur davrda 3837 nafar shaxs korrupsiyaga oid jinoyat sodir etgani uchun sudlar tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Antikorrupsiya agentligi joriy yilda (2023-yilning birinchi yarim yilligi bilan taqqoslaganda) ayrim soha va yo‘nalishlarda korrupsiyaga oid jinoyatchilik kamayganini aytmoqda.
Xususan, yarim yilda tijorat banklarida 146 nafar xodim korrupsion jinoyat sodir etgan. O‘tgan yilning mos davrida bu ko‘rsatkich 186 ga teng edi. Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida 145 (o‘tgan yilning mos davrida — 177) nafar, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda 122 (128) nafar, Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tizimida 30 (40) nafar, Qishloq xo‘jaligi vazirligida tizimida 30 (33) nafar xodim korrupsion jinoyatga qo‘l urgan.
Shuningdek, ta’lim tizimi va mahalliy hokimliklarda ishlovchi xodimlar o‘rtasida korrupsion jinoyatlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ko‘paygan.
Jumladan:
- Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimining 285 (237); - davlat ulushi mavjud korxonalarning 103 (153); - mahalliy hokimliklarning 133 (119) nafar xodimlari tomonidan sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlar soni ortgan.