11:33 (04.08.2023)

1777

Ayrim dorilarni birga saqlash mumkin emas

Xushboʼy mahsulotlarni bir-biridan alohida saqlash kerak, masalan, valerian va asrlonquyruq (pustirnik) nastoykasi, - dedi farmatsevtika fanlari nomzodi, fitokimyo boʼyicha mutaxassis Igor Sokolskiy, deb yozadi aif.ru.

Uning soʼzlariga koʼra, ushbu dorilarni birgalikda saqlash ularning xususiyatlariga taʼsir qilmaydi, balki yoqimsiz hid paydo boʼlishiga sabab boʼlishi mumkin.

Mutaxassis, shuningdek, dori-darmonlarni tavsiya etilgan haroratda saqlash kerakligini eslatdi. Bu har qanday farmatsevtik mahsulot uchun muhim. Ular quruq, qorongʼi joyda, bolalar qoʼli yetmaydigan joyda saqlanishi kerak va hech qanday holatda ularni toʼgʼridan-toʼgʼri quyosh nuri ostida va namlik yuqori boʼlgan xonada qoldirmaslik kerak.

Umuman olganda, zamonaviy qadoqlash dori vositalarini tashqi muhit taʼsiridan, shu jumladan bir-biriga oʼzaro taʼsir qilishdan ishonchli himoya qiladi, dedi Sokolskiy.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech