09:00 (27.08.2024)

554

Bir qator MCHJlar dori mahsulotlarini biologik faol qoʻshimcha sifatida roʻyxatdan oʻtkazganligi aniqlandi

Hozirda dori vositasini roʻyxatdan oʻtkazish talablari qiyinlashganligi sababli, ayrim tadbirkorlar tomonidan ushbu tarkibli mahsulotlarni BFQ hamda oziq-ovqat qoʻshimchalari sifatida roʻyxatga oʻtkazish holatlari mavjud. Xususan,Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiga kelib tushgan murojaat yuzasidan oʻrganishlar oʻtkazilganda quyidagilar aniqlandi:

 “Joʻrabek laboratories” MCHJ QK tomonidan ishlab chiqarilgan “ORSA” dori vositasi boshqa ishlab chiqaruvchilar tomonidan BFQ sifatida roʻyxatga olinganligi va murojaatdagi barcha mahsulotlarga Sogʻliqni saqlash vazirligining Ekspert komissiyasining tegishli qarorlariga muvofiq, biologik faol qoʻshimchasiga (BFQ) ruxsatnomalar berilgan.

 Holat yuzasidan Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazini jalb etgan holda oʻrganish oʻtkazilganda:

“KIFTI-OB DORI DARMON” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan “KIFTI” ORSA nomli BFQ mahsuloti haqiqatan ham dori vositasi tarkibiga mos kelishi aniqlandi va mahsulotni oʻrnatilgan tartibda dori vositasi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish tavsiya etildi. Bundan tashqari,

- “MALIKA LABORATORIES” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan “ORS”;
- “HVARA” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan “ORSI MAX”;
- “VITALLY” XK tomonidan ishlab chiqarilgan “ORSASOL” ;
- “MADINA FARM MED” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan “FITA ORSA” nomli BFQ mahsulotlari yoʻriqnomalarida dori vositasiga xos boʻlgan xususiyatlar yaʼni turli kasalliklarni davolash va oldini olish uchun qoʻllanishi xususida notoʻgʻri maʼlumotlar keltirilgan.

Shundan soʻng vakolatli organ tomonidan yuqoridagi ishlab chiqaruvchilarga:

✅ aniqlangan barcha kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar ishlab chiqarishni toʻxtatish;

BFQ mahsulotini barcha savdo tarmoqlaridan qaytarib olish va bu haqda vakolatli organga axborot berish;

 korxonalar tomonidan olingan ruxsatnomalarni qonunda belgilangan tartibda Sanepidqoʻmitaga qaytarish choralari koʻrilmoqda.

Yuqoridagilarga asosan, Qoʻmita tomonidan vakolatli organlarni jalb etgan holda ishlab chiqaruvchilarga javobgarlik masalasini koʻrish hamda ushbu yoʻnalishdagi tizimli muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar ishlab chiqilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech