11:50 (21.01.2025)
112
Guanchjou xitoy tibbiyot universiteti olimlari guruhi surunkali buyrak kasalligi bilan kasallangan odamlarda choy ichish umrini uzaytirishini aniqladi. Tadqiqot Renal Failure ilmiy jurnalida chop etildi.
Jamoa 1999-yildan 2018-yilgacha Milliy salomatlik va ovqatlanish bo‘yicha ekspertiza so‘rovida qatnashgan 17 575 surunkali buyrak kasalligi bilan kasallangan bemorlar orasida choyning uzoq muddatli ta’sirini o‘rgandi.
Ma’lum bo‘lishicha, kuzatuv davrida 5835 ta, jumladan, yurak-qon tomir kasalliklaridan 1823 ta o‘lim qayd etilgan.
Hech qachon choy ichmaganlar bilan solishtirganda, kuniga to‘rt stakan choy ichish surunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarning barcha sabablarga ko‘ra o‘lim xavfini kamaytirishi aniqlandi.
Dozaga bog‘liqlik ta’siri ham kuzatildi, surunkali buyrak kasalligining dastlabki bosqichlarida kuniga 3-5 stakan choy ichish bemorlar uchun foydali ekanligi qayd etildi.
Olimlar tomonidan surunkali buyrak kasalligiga chalinganlar kuniga, ko‘k yoki qora navlarini tanlab, to‘rt stakangacha choy ichish, ichimlikka shakar qo‘shmaslik tavsiya etildi.