12:00 (20.02.2024)

1669

Chang zarralari gormonal muammolarni keltirib chiqarishi aniqlandi

Chang zarralarida turli kasalliklar rivojlanishi, xususan, qalqonsimon bez gormonlarida buzilishlarga olib keladigan zararli kimyoviy moddalar boʻlishi aniqlandi.

Turli tibbiyot institutlari mutaxassislari chang namunalari ustida metaanalizlar olib bordi va inson organizmi uchun xavfli kimyoviy moddalarni aniqladi. Tahlillarga koʻra, zararli moddalar roʻyxatida DEHP — ftalatlarning xavfli sinfiga mansub kislota birinchi oʻrindadir. Undan keyin fenollar va yongʻinga qarshi kimyoviy moddalar oʻrin olgan.

Turli mahsulotlar tarkibidagi kimyoviy zarralar havoga tarqaladi va changga aylanib, yerga tushadi. Bunday havodan nafas olish, ayniqsa, yosh bolalar uchun xavflidir.

Ftalat kislotalar — amaliy jihatdan suvda erimaydigan kristall moddalar. Ular tanadagi gormonlar ishlab chiqarilishiga salbiy taʼsir qiladi, jumladan, IQ darajasining pasayishiga, bolalarda nafas olish muammolariga, endokrin, reproduktiv tizimlarda jiddiy buzilishlarga olib kelishi mumkin.

Bundan tashqari, chang namunalarining 99 foizida yongʻinga qarshi moddalar sinfiga kiruvchi va koʻpincha mebel va bolalar mahsulotlarida uchraydigan TDCIPP -kimyoviy moddasi mavjud.

Chang tarkibidagi koʻplab kimyoviy moddalar sogʻliq uchun xavfli boʻlishi mumkin va saraton kasalligini keltirib chiqarishi yoki reproduktiv tizimga zarar yetkazishi mumkin. Ushbu moddalarning hatto past konsentratsiyasi ham chaqaloqlar va yosh bolalar sogʻligi uchun xavfning oshishiga olib kelishi mumkin.

Potensial xavfni kamaytirish uchun uyda changlarni artish, gigiyenaga rioya qilish, chang saqlaydigan tekstil mahsulotlar (parda, kovrolan, yumshoq oʻyinchoq, dekorativ yostiqlar) dan iloji boricha kamroq foydalanish, bolalar xonasida namlik darajasi yuqori boʻlishini taʼminlash tavsiya etiladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech