13:00 (11.12.2023)

2034

ChatGPT dorilar bilan bogʼliq savollarga javob berishdan bosh tortdi

Long-Aylend universiteti (AQSh) mutaxassislari ChatGPT chatbotining bepul versiyasida dori vositalari bilan bogʼliq notoʼgʼri maʼlumotlar berilganligini aniqladi. Tadqiqot tashkilot saytida chop etildi.

Tajriba davomida olimlar dasturga tibbiy mavzularga oid 45 ta savol berishdi. Chatbot ulardan 11 tasiga bevosita javob berishdan bosh tortdi,10 ta savolga aniq boʼlmagan javoblarni bergan va 12 ta savolga notoʼgʼri javob bergan. Har bir savol uchun tadqiqotchilar manba soʼrashdi: ChatGPT faqat 8 ta javobga havolalarni taqdim etdi, lekin ularninghech biri mavjud emas edi.

Shunday qilib, tadqiqot mualliflari chatbotdan COVID-19 uchun virusga qarshi dori pakslovid va qon bosimini pasaytiruvchi verapamil preparati bir-biri bilan oʼzaro taʼsir qiladimi yoki yoʼqligini soʼradi. Bot, dorilar oʼrtasida hech qanday oʼzaro taʼsir yoʼqligini aytdi, garchi aslida ularni birgalikda qoʼllash qon bosimining haddan tashqari pasayishiga olib kelishi mumkin.

Muayyan preparatning dozasini aniqlash soʼralganda, ChatGPT jiddiy xatoga yoʼl qoʼydi: chatbot dozani mikrogramlar oʼrniga milligrammlarda koʼrsatdi. "Botdan yordam soʼragan har qanday tibbiyot xodimi belgilanganidan 1000 baravar kam doza oladi."dedi tadqiqot muallifi Sara Grossman.

Materialda aytilishicha, olimlar chatbotning 2021-yil sentabr oyidan kechiktirmay yuklab olingan va qayta ishlangan maʼlumotlarga kirish uchun bepul versiyasidan foydalangan. Mutaxassislarning xulosasiga koʼra, ushbu vositaning pulli versiyasi aniqroq javob beradi. 

Аvvalroq, sunʼiy intellekt ilovasi yurak yetishmovchiligi kasalligini u sodir boʼlishidan oldin aniqlay oldi

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech