09:14 (27.11.2025)
65
Muntazam choy iste’moli keksa ayollarda suyak zichligini oshiradi. Bunday xulosaga Flinders universiteti (Avstraliya) olimlari osteoporoz sinishlarni 10 yil davomida o‘rganish davomida erishdilar.
Tadqiqot Nutrients jurnalida chop etildi. Tadqiqotda 65 yoshdan oshgan 9704 nafar ayol ishtirok etdi. O‘n yil davomida ishtirokchilar son suyagining mineral zichligi bir necha marta o‘lchandi va ularning kundalik choy va qahva iste’moli qayd etildi.
Natijalar shundan dalolat berdiki, choyni yoqtiruvchi ayollarda son qismida suyak zichligi yuqori bo‘lgan — farq taxminan 0,003 g/sm²ni tashkil qilgan, bu statistik jihatdan ahamiyatli, ammo alohida bemor uchun sezilarli emas.
O‘rtacha qahva suyak zichligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmagan, ammo bir kunda besh stakandan ortiq iste’mol qilinganda suyak zichligi pasayish tendensiyasi kuzatilgan.
Qo‘shimcha tahlil shuni ko‘rsatdiki, ko‘p miqdorda alkogolli ichimlik iste’mol qilgan ayollarda qahva son suyagi zichligini kamaytirgan. Choy esa, aksincha, ortiqcha vaznga ega ayollarda suyak to‘qimasini mustahkamlashga yordam bergan.
Biroq, mualliflar olingan natijalar kuzatuv xarateriga ega ekanligini ta’kidlamoqda.