09:00 (22.08.2025)
146
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi (18.08.2025-y. AV roʻyxat raqami 3611-1-son) bilan Davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan, majburiy sertifikatlash sharti bilan tibbiyot amaliyotida qoʻllash va olib kirishga ruxsat beriladigan, Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan analoglari mavjud boʻlmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar roʻyxatiga (18.08.2025-y. AV roʻyxat raqami 3611-son) qoʻshimchalar kiritildi.
Roʻyxat Prezidentning 26.10.2022-yildagi "Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-411-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
Qoʻshimchalarni hisobga olgan holda u 51 ta (34 ta edi) dori vositasi va 118 ta (117 ta edi) tibbiy buyumni oʻz ichiga oladi.
Hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.