11:40 (01.03.2024)

1317

Dementsiya zamonaviy odamlarning kasalligi boʼlib chiqdi

Qadimgi Yunoniston va Rim aholisi Altsgeymer kasalligidan zamonaviy odamlar kabi tez-tez azob chekishmagan. Kaliforniyalik olimlar eramizdan avvalgi 8-asrdan eramizning 3-asrigacha boʼlgan tibbiyotga oid klassik asarlarni tahlil qilib, shunday xulosaga kelishdi.

Matnlarda keksa odamlarda kognitiv buzilishlar haqida "ajablanarli darajada kam" dalillar topilgan. Ilgari, qadimgi yunonlar va rimliklar keksalikka qadar yashamagan va shuning uchun yoshga bogʼliq kasalliklarga duch kelmagan deb ishonilgan. Biroq, zamonaviy tadqiqotchilar buni rad etishdi. Gretsiyada odamlar oʼrtacha 70 yosh va undan uzoqroq vaqt yashagan.

Zamonaviy dunyoda xotira buzilishi qarishning umumiy hamroh kasalligiga aylangan. 85 yoshdan oshgan odamlarning uchdan bir qismi dementsiyadan aziyat chekmoqda. Dementsiya -bu bir qator kasalliklarning umumiy termini boʼlib, unda miya toʼqimalarining oʼlishi roʼy beradi. Kasallik miya toʼqimalarining bir-biriga uzviyligini taʼminlaydigan atsetilxolin moddasining yetishmasligidan kelib chiqadi. Bunda bemorlarning 60 foizida Аltsgeymer kuzatiladi.

Ammo Janubiy Kaliforniya universiteti jamoasi Gippokrat va uning izdoshlari yoki Aristotelning asarlarida yoshga bogʼliq xotira yoʼqolishi haqida hech qanday eslatma topmadilar. Miloddan avvalgi 4-3-asrlarga oid yunoncha matnlarda qarilik alomatlari sifatida karlik, uyqusizlik, bosh aylanishi, koʼrish qobiliyatini yoʼqotish va ovqat hazm qilish kasalliklari keltirilgan - ammo kognitiv muammolar emas.

Olimlar dementsiyaning hozirgi “epidemiyasi” zamonaviy hayot mahsulidir, deb taxmin qilishdi. Uning rivojlanish xavfi sanoat chiqindilari, notoʼgʼri ovqatlanish, hafo ifloslanishi va sivilizatsiyaning boshqa "foydalari" bilan ortadi.

Tadqiqot mualliflari antik va zamonaviy davrlarda dementsiya tarixini kengroq oʼrganishga va kasallikni qachon keng tarqala boshlaganini aniqlashga chaqirdilar. Bu bizga atrof-muhitning kognitiv buzilishlarning rivojlanishiga taʼsirini bilish imkonini beradi, deya xabar beradi Journal of Alzheimer's Disease.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech