15:03 (11.03.2024)

1275

Diqqat! Ogoh boʻling

SSV huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi marakazi" davlat muassasasi barcha yurtdoshlarimiz va dorixona xodimlarini ogohlikka chaqirib, internet tamoqlari orqali onlayn sotilayotgan ozish uchun moʻljallangan quyidagi mahsulotlarni realizatsiya qilish va saqlash taqiqlanishi haqida maʼlum qiladi:

▪️ "Reborn Ultimate"

▪️ "Lipotrim Ultra"

▪️ "Сексуальная фигура”

▪️ "Al-Sheikh"

▪️ "Fatzorb"

▪️ "Fatzorb Ultra"

▪️ "Fatzorb Plus"

▪️ "Spirulina"

▪️ "Arabic"

▪️ "Reduksin Layt"

▪️ "Kod S"

▪️ "Shafran diet"

▪️ "Gold Puma"

▪️ "Блокатор жира"

▪️ "Hot pepper"

▪️ "Ферментаиз"

▪️ "Липоксин для похудения"

▪️ "Куаймый Extra"

▪️ Slim ultra (Samyun Wan) 

Oʻzbekiston Respublikasi hududiga noqonuniy yoʻllar bilan kirib kelgan va Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda ashyoviy dalil sifatida olingan ushbu mahsulotlar Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi laboratoriyalarida tekshirilganda ularning tarkibida sibutramin moddasi mavjudligi aniqlandi.

 Taʼkidlash joiz, mazkur modda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish toʻgʻrisida”gi 818-son qarori bilan tasdiqlangan Kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʻyxatiga kiritilgan boʻlib, lekin tarkibida sibutramin moddasi mavjud boʻlgan yuqoridagi 19 turdagi mahsulot dori vositasi sifatida Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan.

 Eslatib oʻtamiz, kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritganlik uchun qonunchiligimizda jinoiy javobgarlik belgilangan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech