12:00 (26.09.2025)
518
“Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi dorixonalarda faoliyat yuritayotgan farmatsevtlar uchun navbatdagi oʻquv tashkil etildi.
Kuzning salqin kunlari boshlandi. Yogʻingarchilik mavsumi yaqin. Bu — oʻtkir respirator virusli infeksiyalar avj olishi uchun qulay muhit. Ana shu davrda shamollash va gripp singari mavsumiy kasalliklar bolalar va kattalar oʻrtasida keng tarqaladi.
Oʻquv ayni shunga qaratildi, yaʼni ayni virusli infeksiyalardan davolanish uchun murojaat qilgan bemorlarga retseptsiz beriladigan dori vositalarini tavsiya qilishda nimalarga eʼtibor berish, qanday maʼlumotlarni taqdim etishni unutmaslik kerakligi haqida intereaktiv usulda muloqot olib borildi.
Oʻquv davomida “Binnofarm Grupp” kompaniyasining Oʻzbekistondagi vakillari farmatsevtika kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan oʻtkir respirator virusli infeksiyalarda qoʻllaniladigan dori vositalari, ularning tarkibi, taʼsir qiluvchi moddasi, qoʻllanilishi, nojuya taʼsirlari, saqlanishi haqida batafsil tushunchalar berib oʻtdi.
Shuningdek, “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasining dorixonalar tarmogʻida sotilayotgan “Binnofarm Grupp” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan virusga qarshi, varikoz kasalligiga qarshi, ovqat hazm qilish tizimi va oʻt yoʻllarining funksional buzilishlari bilan bogʻliq boʻlgan hollarda, jigar kasalliklarida qoʻllaniladigan Kagotsel, Venarus, Neobutin, Urdoksa, Deksonal va Diklofenak kabi dori vositalari haqida toʻliq maʼlumotlar berildi. Oʻquv yakunida olingan bilimlarni mustahkamlash uchun interaktiv savol-javob oʻtkazildi.
“Binnofarm Grupp” — Rossiyaning yetakchi farmatsevtika kompaniyalaridan biri boʻlib, 450 dan ortiq retsept bilan va retseptsiz beriladigan preparatlarni ishlab chiqaradi. Portfeldagi 100 dan ortiq dori vositalari zarur dori vositalari roʻyxatiga kiritilgan.