08:45 (22.05.2024)

1103

Yil yakunigacha “Elektron poliklinika” va “Elektron shifoxona” tizimlari ishga tushiriladi

2024 yilda poytaxtimizda davlat tibbiy sugʼurta mexanizmlari joriy etiladi. Eʼtiborlisi, bu aholi tomonidan toʼlanayotgan umumiy soliqlar hisobidan boʼladi va odamlardan qoʼshimcha badallar undirilmaydi

Tibbiy sugʼurta doirasida:

- davlat tomonidan aholiga bepul koʼrsatiladigan tibbiy xizmatlar va dori vositalarining kafolatlangan paketi joriy etiladi;

- bemorlarni oʼzlari biriktirilgan oilaviy shifokorlar orqali tor soha mutaxassislariga yoki shifoxonalarga yoʼllash tizimi tashkil qilinadi. Bunda ushbu tartibga rioya qilingan holdagina bepul tibbiy xizmatlar koʼrsatiladi;

- aholiga kafolatlangan paket doirasida eng koʼp uchraydigan kasalliklar boʼyicha dori vositalari elektron retsept asosida dorixonalar orqali bepul beriladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech