17:15 (22.12.2022)

2328

“Dok-1 Maks” tabletka va sirop dori vositalari bilan bogʼliq vaziyat oʼrganilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi dorixonalardan xarid qilingan “Dok-1 Maks” tabletka va sirop dori vositalarini qabul qilgandan soʼng bemorlarda turli nojoʼya taʼsirlar kuzatilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi ushbu vaziyatni darhol nazoratga oldi. Bemorlar ahvolini oʼrganish va holat sabablarini aniqlash maqsadida tezkor mutaxassislar guruhi tuzildi.

Uning tarkibiga agentlik hamda Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazining malakali mutaxassislari kiritildi.

Samarqanddagi dorixonalardan xarid qilingan Hindistoning Marion Biotech Pvt. Ltd kompaniyasiga tegishli “Dok-1 Maks” tabletka va limon va asal taʼmli sirop dori vositalari oʼrnatilgan tartibda ekspertizadan oʼtkazilmoqda. Laboratoriya tahlillari yakunlangach, uning natijalari haqida eʼlon qilinadi.

Ushbu dori vositalarining yurtimizdagi savdosi 2022 yil 22 dekabrdan vaqtincha toʼxtatildi va bu haqda “Quramax Medical” MChJ tomonidan realizatsiya qilingan tashkilotlarga xabar yuborildi.

Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi
Matbuot xizmati

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech