15:26 (07.01.2023)

2314

Dori vositalari va tibbiy buyumlarni jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kirish hamda olib chiqish meʼyorlarini bilasizmi?

✅ Dori vositalari va tibbiy buyumlarni jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kirish hamda olib chiqish Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 8 iyundagi 191-son qarori bilan tartibga solinadi.

✅ Qarorga muvofiq: yashash yoki boʼlish mamlakati tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan hujjat taqdim etilmasdan quyidagilar jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladi va olib chiqiladi:

- turli nomdagi 10 tagacha dori preparatlaridan iborat dori vositalari va ularning har biri uchun 5 oʼramdan ortiq boʼlmagan dori vositalari;

- 5 birlikdan ortiq boʼlmagan tibbiy buyumlar.

Bunda bir oʼramda:

- qattiq (tabletkalar, drajelar, granulalar, kukunlar, kapsulalar) dori shakllari uchun — 100 birlikdan ortiq emas;

- eritma tayyorlash uchun qoʼllaniladigan kukunlar uchun —
500 grammdan ortiq emas;

- granula shakldagi gomeopatik dori vositalari uchun —
50 grammdan ortiq emas;

- infuzion eritmalar va oral (ogʼiz orqali) qoʼllaniladigan eritmalar uchun — 500 millilitrdan ortiq emas;

- inʼektsiyalar uchun eritmalar — 10 ampuladan yoki
10 flakondan ortiq emas;

- tashqi dorilar uchun — 200 millilitrdan yoki 200 grammdan ortiq emas.

✅ Dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchining oʼramida boʼlishi kerak!

✅ Koʼrsatilganidan ortiq miqdorda olib kirish va olib chiqishda jismoniy shaxslar bojxona organlariga boʼlish yoki yashash mamlakatining tibbiyot muassasasidan uning shaxsiy foydalanishi uchun moʼljallangan dori vositasining nomini, uning dorivor shaklini va davolash kursiga tavsiya qilingan miqdorini koʼrsatgan holda muayyan jismoniy shaxsga berilgan hujjatni taqdim etishlari lozim.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech