09:11 (13.04.2024)

820

Dori vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji va chakana sotishda cheklangan savdo ustamalari qoʼllanilish belgilangan.  Bunda 12% QQS summasi ham ustamaning tarkibida boʼladimi?

▫️ Chetdan olib kelinadigan va mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilaridan sotib olinadigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari vositachilar sonidan qatʼiy nazar ulgurji savdo uchun sotib olingan qiymatidan 15 %dan ortiq boʼlmagan miqdorlarda ustama belgilanadi.

▫️ Chakana savdodaesa, ulgurji narxidan 20 %dan ortiq boʼlmagan miqdorlarda belgilanadigan cheklangan savdo ustamalari qoʼllaniladi.

▫️ Ijtimoiy dorixonalar tomonidan ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qatʼi nazar, xarid qilish narxi yoki ulgurji narxning 10%idan ortiq boʼlmagan cheklangan savdo ustamasi qoʼllanilgan holda sotiladi.
VMQ-185-son 06.04.2017-yil 

Bunda tovar tannarxiga dastlab ulgurji savdoda ishlab chiqaruvchi (import qiluvchi) QQSsiz narxiga 15%, chakana savdoda ulgurji narxiga 20 % miqdorida ustama qoʼyiladi va 12 % miqdorida QQS hisoblab realizatsiya qilinadi.
Soliq kodeksi-248-modda 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech