13:30 (04.06.2026)

40

Dori vositalarining samaradorligi xalqaro ilmiy dalillar asosida baholanadi

2026-yil 5 iyuldan boshlab yangi tartib amal qiladi. Unga ko‘ra, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan har bir dori vositasining samaradorligi xalqaro ilmiy manbalar orqali tekshiriladi.

Bunda dori vositasi bo‘yicha jadvalda keltirilgan???? nufuzli xalqaro ilmiy bazalarda e’lon qilingan meta-tahlillar, randomizatsiyalangan klinik tadqiqotlar va tizimli sharhlar o‘rganiladi.

Agar tahlillar natijasida dori vositasining samaradorligi ilmiy jihatdan isbotlangan bo‘lsa, u haqda Ilmiy komissiya tomonidan tegishli xulosa beriladi.

Agar dori vositasining foydasi xalqaro ilmiy tadqiqotlar bilan tasdiqlanmagan bo‘lsa yoki bu haqda ishonchli ma’lumotlar topilmasa, u samaradorligi isbotlanmagan yoki hali yetarlicha o‘rganilmagan dori vositasi sifatida baholanadi.

Ushbu tartib aholiga xavfsiz, sifatli va samaradorligi ilmiy asoslangan dori vositalarini taqdim etishga xizmat qiladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech