15:31 (29.02.2024)

881

E`lon!

“Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi “Komplaens-nazorat” xizmati

- boshliq oʼrinbosari va

- bosh mutaxasis lavozimlariga yurisprudentsiya, iqtisodiyot, moliya, soliq, audit, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yoki davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining oʼziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda boshqa sohalar boʼyicha oliy maʼlumotga ega hamda mutaxassislik boʼyicha kamida uch yil ish stajiga ega boʼlgan xodimlarni ishga qabul qilish boʼyicha ochiq tanlov oʼtkaziladi.

Tanlovga xujjatlarni topshirish 2024 yil 4 mart sanasi soat 12.00 ga qadar davom etadi.

Koʼrsatilgan lavozimlarga mutaxassislar nomzodlar orasidan ochiq tanlov asosida tanlab olinadi.

Hujjatlar officechorsu@doridarmon.uz elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.

Savollar boʼyicha 71-281- 41-54 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech