12:05 (19.10.2023)
1424
Bunga Hindistondagi TerDoz Pharma Private Limited kompaniyasiga tegishli zavodni tekshirish paytida ishlab chiqarishda aniqlangan kamchiliklar sabab bo`ldi.
Ukraina Dori vositalari va giyohvand moddalarni nazorat qilish davlat xizmatining buyrugi bilan (9314-001.1/002.0/17-23) AND talablariga mos kelmasligi sababli Hindistonning TerDoz Pharma Private Limited kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan kimyoterapiyada qo`llaniladigan Karboplatin dori vositasini sotish, saqlash va ishlatish taqiqlandi.
TerDoz Pharma Private Limited (Hindiston) ishlab chiqarish maydonini tekshirish chog‘ida aniqlangan jiddiy qoidabuzarliklar sabab ushbu dori vositalari muomaladan olib tashlanishi kerak deyiladi buyruqda.
Farmatsevtika regulyatorining ma'lumotlariga ko'ra, agar taqiqlangan dori vositalari aniqlansa, ularni yo'q qilish yoki yetkazib beruvchiga (ishlab chiqaruvchiga) qaytarish yo'li bilan muomaladan olib tashlash choralarini ko'rish va bu haqda 10 kun ichida Dori vositalari va giyohvand moddalarni nazorat qilish davlat xizmatini xabardor qilish va tegishli hujjatlarni taqdim etish kerak.