18:00 (18.02.2025)

621

Eshitish qobiliyati pasayishiga sabab boʼladigan dorilar

Baʼzi dori-darmonlarni qabul qilish eshitish qobiliyatini yoʼqotish xavfini oshirishi mumkin. Ushbu preparatlar toʼrtta dori guruhini oʼz ichiga oladi.

Eshitishga zararli taʼsir koʼrsatishi isbotlangan toksik taʼsirga ega dorilarga:

- aminoglikozidlar guruhining antibiotiklari (streptomitsin, kanamitsin, neomitsin, gentamitsin, tobramitsin, amikatsin va boshqalar);

- loop diuretiklar ( peshob haydovchi dorilar, masalan, furosemid);

- ogʼriq qoldiruvchi vositalar (lidokain);

- mikroblarga qarshi vositalar (metronidazol);

- shuningdek, kimyoterapiyada ishlatiladigan va platina birikmalariga asoslangan dori vositalari kiradi.

Ushbu dorilarning barchasi ichki quloqning tuzilmalariga toksik taʼsir koʼrsatadi hamda tovush signallarini ushlash va elektr impulьslariga aylantirish uchun masʼul boʼlgan eng nozik nerv hujayralarini yoʼq qilishga olib keladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech