12:22 (25.03.2024)

1716

FDA uchta toifadagi ekstemporal dori vositalarini tayyorlash qoidalarini oʼzgartirishni taklif qilmoqda

Taklif etilayotgan qoidaga koʼra, agentlik oʼta murakkab boʼlgan uchta toifadagi dori vositalarini tayyorlash qoidalarini qatʼiylashtirishni taklif qilmoqda.

Ekstemporal dorilar - shifokor retsepti boʼyicha farmatsevt tomonidan tayyorlanadigan dorilar sanaladi.

FDA taʼrifiga koʼra, ekstemporal dorilar "bemorning individual ehtiyojlariga moslashtirilgan dori tayyorlash uchun ingredientlarni birlashtirish, aralashtirish yoki oʼzgartirishni" oʼz ichiga oladi.

Agentlik tomonidan taklif qilingan yangi RIN 0910-AI3 qoidasi FDA ning mavjud qoidalariga oʼzgartirishlar kiritadi va ularni tayyorlashni cheklaydi.

- plyonka bilan qoplangan, modifikatsiyalangan qattiq ogʼiz preparatlari.
- liposom dori vositalari,
- va suvda yomon eriydigan birikmalarning eruvchanligini oshirish uchun ishlatiladigan issiq eritma ekstruziyasi yordamida tayyorlangan preparatlar.

Regulyator tomonidan taklif qilingan norma ingredientlarni notoʼgʼri tanlash yoki ingredientlarni notoʼgʼri aralashtirish bilan bogʼliq potentsial xavflarni kamaytirishi kerak.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech