09:00 (27.06.2024)

866

Fierce Pharma yirik farmatsevtika korporatsiyalari rahbarlarining ish haqi reytingini e'lon qildi

Ixtisoslashgan resurs kuzatuvlariga koʻra, sanoat rahbarlarining daromad reytinglari "muvozanat holatiga qaytganga oʻxshaydi".

Oʻtgan yili farmatsevtika sanoatida eng koʻp maosh oluvchi Johnson & Johnsonʻs bosh direktori Xoakin Duato boʻldi, uning umumiy maoshi 116 foizga oshib, 28,4 million dollarni tashkil etgan.

Reytingda ikkinchi oʻrinni Eli Lilly bosh direktori Devid Riks egalladi, uning 2023-yilgi maoshi 26,6 million dollarga yetgan.

Johnson & Johnsonʻs va Eli Lilly bosh direktorlarining ushbu reytingda boʻlishi mutaxassislar uchun kutilgan holat boʻlsa, uchinchi oʻrinni egallagan Teva dan Richard Frensisni bu roʻyxatda koʻrish ular uchun kutilmagan holat boʻldi. Frensis 2023-yilda 25,7 million dollar ishlab topgan, ammo buning asosiy qismi Teva yangi bosh direktorini ishga olishda ragʻbat sifatida ishlatgan 19 million dollarlik aksiya paketiga toʻgʻri keladi.

Maoshlar reytingida toʻrtinchi oʻrinni Richard Gonsales (AbbVie) egalladi. Umumiy daromadning 2,28 foizga pasayishiga qaramay, kompaniyani bir necha yildan beri boshqarib kelayotgan Gonsales 2023-yilda 25,7 million dollar olgan.

Reytingning boshqa oʻrinlarini uning doimiy ishtirokchilari: Deniyel OʻDey (Gilead Sciences), Robert Breduey (Amgen) i Albert Burla (Pfizer). egalladi.

Reytingning yetakchilari avvalgidek, asosan, bosh ofislari AQSHda joylashgan kompaniyalar rahbarlari boʻldi. Ammo sakkizinchi oʻrin bundan mustasno: bu oʻrin Paskal Sorioga (AstraZeneca) nasib etdi, u 2023-yil uchun umumiy foyda 21,3 million AQSH dollarini tashkil etdi.

Bir qator pastroq boʻlgan Vertex Pharmaceuticals kompaniyasidan Reshma Kevalramani, oʻtgan yili yirik maosh oluvchi farmatsevtika korporatsiyalari reytingida yagona ayol boʻlgan.

Kuchli oʻnlikni oxirgi oʻrinini 2023-yilda 20,3 million dollar ishlab topgan Robert Devis (Merck) egalladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech