14:00 (11.01.2024)

1237

Har yili farmatsevtika mahsulotlariga boʼlgan talab va ehtiyoj shakllantiriladi

“Farmatsevtika tarmogʼini yanada rivojlantirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Prezident qarori (PQ–14-son, 10.01.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga koʼra, shuningdek:

har yili 1 dekabrgacha tibbiyot muassasalarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, kelgusi yil uchun farmatsevtika mahsulotlariga boʼlgan talab va ehtiyoj shakllantiriladi va internet saytida joylashtiriladi;

2024 yil 1 martdan davlat xaridlarini amalga oshirishda davlat buyurtmachisi bir lotda faqat bitta farmatsevtika mahsulotini (xalqaro patentlanmagan nomi boʼyicha dori vositalari va tibbiy buyumlar) kiritishi mumkin boʼlgan tizim joriy qilinadi;

2025 yil 1 yanvardan bosqichma-bosqich barcha tibbiyot muassasalari tomonidan markazlashmagan tartibda xarid qilinadigan farmatsevtika mahsulotlari xaridi markazlashtirilgan tartibga oʼtkaziladi.

2024 yil yakunigacha hududiy tibbiyot tashkilotlarining omborlari “Zarur saqlash amaliyoti – (GSP)” talablari asosida tashkil etiladi va termolabil dori vositalarini yetkazib berish uchun maxsus yuk tashuvchi avtotransport vositalari bilan taʼminlanadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech