11:50 (12.02.2025)
897
Indoneziyada erta o‘limning oldini olish maqsadida bepul tibbiy skrining dasturi boshlandi.
Qiymati 3 trillion Indoneziya rupiyasi (183,54 million AQSH dollari) ga yetgan tashabbus, mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining so‘zlariga ko‘ra, o‘z tarixidagi eng yirik tadbirga aylandi.
Dastur doirasida barcha indoneziyaliklarga bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tish imkoniyati beriladi, deya xabar berdi vazirlik. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, tekshiruv qon bosimini o‘lchash, kardiologik kasalliklar va insult xavfini aniqlash, shuningdek, ko‘rish qobiliyatini tekshirishni o‘z ichiga oladi.
Sog‘liqni saqlash vaziri Budi Gunadi Sadikin ta’kidlaganidek, dastur birinchi navbatda olti yoshgacha bo‘lgan bolalar va 18 yoshdan kattalarga mo‘ljallangan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, aholi soni bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turuvchi mamlakatda o‘limning asosiy sabablari insult, yurak kasalliklari va sil kasalligidir.