12:50 (18.12.2023)

1759

Rossiyalik olimlar tomonidan innovatsion qon toʼxtatish vositasi ishlab chiqildi

Tomsk davlat universiteti olimlari tabiiy polisaxaridlar asosidagi Sanguis gemostatik gelini taqdim etishdi. Polisaxaridlar tibbiyot, oziq-ovqat sanoati va boshqa sohalarda qoʼllaniladigan fizik va kimyoviy xususiyatlarga ega uglevodlardir.

Sanguis bir zumda qon ketishini toʼxtatadi va yara yuzasida himoya plyonkasini hosil qiladi. Bundan tashqari, gelь mutlaqo xavfsiz va tirik toʼqimalarga mos keladi.

Gelni har qanday sharoitda, maxsus tayyorgarliksiz ishlatilishi mumkin. Ishlab chiquvchilarning fikriga koʼra, mahsulotning potentsial auditoriyasi yiliga oʼn millionlab bemorlarni tashkil qiladi. Bular yoʼl-transport hodisalari, ishlab chiqarish, harbiy mashgʼulotlarda jarohatlanganlar, shuningdek, shoshilinch va jarrohlik operatsiyasidagi bemorlar boʼlishi mumkin. Birgina Rossiyada har yili 8,5 million operatsiya oʼtkaziladi, koʼpincha bu operatsiyalar qon ketishi bilan murakkablashadi.

Olimlar allaqachon Sanguisning dastlabki sinovlarini muvaffaqiyatli oʼtkazdi va ishlab chiqarishni kengaytirishni rejalashtirmoqda. Ular Rossiya gemostatik bozorining 2,5 foizini egallashni rejalashtirmoqda, bu yiliga 250 million rublni tashkil qiladi.

Loyihaga kiritilgan investitsiyalar mahsulotni takomillashtirish, klinik sinovlar, sertifikatlashtirish va ishlab chiqarishni yoʼlga qoʼyish uchun sarflanadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech