14:12 (19.10.2022)

2802

Internetdagi dorilar

Onlayn dorixonalar arzon narxlar va uyga yetkazib berish xizmati bilan jozibali koʼrinishi mumkin, ammo yodda tutish kerak boʼlgan jiddiy xavflar mavjud. Dori vositalarining onlayn savdosining koʼplab kamchiliklari bor, ularning asosiylari yaqinda Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti tomonidan eʼlon qilingan.

JSST maʼlumotlariga koʼra, 50 foizdan ortiq hollarda manzili yashirilgan noqonuniy saytlardan internet orqali sotib olingan dori vositalari qalbaki boʼlib chiqadi.

Qalbaki dorilar

Kontrafakt dori-darmonlar zararli toksik moddalarning tasodifiy aralashmasi yoki faol boʼlmagan, samarasiz dori boʼlishi mumkin. Eng yaxshi holatda, qalbaki dori vositalaridan foydalanish samarasiz davlonishga olib keladi, eng yomon holatda sogʼlikka jiddiy taʼsir qiladi.

Saqlash shartlari bajarilmagan boʼlishi mumkin

Onlayn dorixonalar litsenziyaga ega emas, yaʼni saqlash shartlari hech kim tomonidan nazorat qilinmaydi. Bundan tashqari, noqonuniy dorixonalar xodimlari odatda maxsus maʼlumotga ega emaslar va sotib olingan dori vositalarining oʼzaro taʼsirining mumkin boʼlgan xavflari haqida ogohlantira olmaydilar.

Eng yaxshisi dori vositalarini litsenziyaga ega dorixonalar veb-sayti orqali buyurtma qilgan maʼqul.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech