11:49 (26.03.2024)

915

Ishga kirishda qanday korruptsiya xavflari kuzatilmoqda?

Korruptsiyaga qarshi kurashish agentlik tomonidan ishga kirish jarayonlarida kuzatilayotgan korruptsiya xavflari boʼyicha tahlillar olib borildi.

2022-2023 yillar davomida 876 nafar shaxs davlat organlari va tashkilotlariga ishga qabul qilish bilan bogʼliq holda sodir etilgan korruptsiyaviy jinoyatlar uchun javobgarlikka tortilgan.  

Mazkur jinoyatlarni sodir etganlarning 282 nafari sogʼliqni saqlash, 72 nafari xalq taʼlimi, 65 nafari maktabgacha taʼlim, qolgani boshqa soha vakillaridir.

Sogʼliqni saqlash tizimiga fuqarolarni kichik tibbiyot xodimi, hamshiralik, felьdsherlik va farrosh, maktabgacha taʼlim tizimiga tarbiyachi va texnik xodim, maktab taʼlimi tizimiga oʼqituvchi va texnik xodim sifatida ishga qabul qilishda korruptsiya holatlari, milliy gvardiya, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga fuqarolarni pora berishga dalolat qilgan holda firibgarlik yoʼli bilan ishga kiritib qoʼyish holatlari nisbatan koʼproq kuzatilgan.  

Ushbu holatning yuzaga kelishiga ish qidirayotgan fuqarolarga davlat korxona, muassasa va tashkilotlaridagi boʼsh ish oʼrinlari haqida shaffof maʼlumotlar berish tizimi lozim darajada shakllanmaganligi oʼz taʼsirini koʼrsatmoqda.    

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech