18:00 (15.01.2025)
328
Terining yetarli darajada qon bilan ta’minlanmaganligi, ortiqcha stress, jarrohlik yarasining noto‘g‘ri yopilishi, begona jismlar va yara hududida infeksiyaning mavjudligi yara bitishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.
Yaraning sekinlik bilan shifo topishi immunitetning zaiflashganini ham ko‘rsatishi mumkin. Agar odamning yaralari yozda yoki qishda sekin bitsa, bu tanadagi buzilishlar, jumladan, regeneratsiyaning izdan chiqishi va D vitamini yetishmovchiligidan dalolat beradi.
Bundan tashqari, bu qalqonsimon bez kasalligi yoki diabetning belgisi ham bo‘lishi mumkin.