14:46 (25.01.2024)

1507

Ishlab chiqaruvchi Johnson's Baby chaqaloq kukuni ishini hal qilish uchun 700 million dollar toʼlaydi

Amerikaning Johnson & Johnson farmatsevtika xoldingi AQShning 42 shtatiga 700 million dollar toʼlaydi, dedi kompaniyaning moliyaviy direktori Jozef Uok he Wall Street Journal nashriga bergan intervyusida.

Top-menejerning taʼkidlashicha, ushbu daʼvolarni hal qilish kompaniya uchun "muhim qadam" boʼlib, "bu masalani ortda qoldirishga" imkon beradi.

2023 yil iyul oyida sud hayʼati kompaniya mahsulotlaridan foydalanish tufayli saraton kasalligiga chalinganini daʼvo qilgan 24 yoshli Kaliforniyalik Emori Ernandes Valadesga Johnson & Johnson 18,8 million dollar toʼlashi kerak degan qaror chiqargan edi. Bolaligidan ushbu mahsulotdan foydalangan Ernandesga yurak atrofidagi toʼqimalarning saratoni - mezoteliyoma rivojlangan.

Johnson & Johnson- butun dunyo boʼylab 250 dan ortiq shoʼʼba korxonalariga ega xolding kompaniyadir. Ular dori-darmonlar, sanitariya-gigiena vositalari va tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqaradi. Xususan, Johnson & Johnson oʼzining koronavirusga qarshi vaktsinasiga ega.

2018 yil dekabr oyida Reuters agentligi 1950-yillarning oxiridan beri bolalar upasi boʼlgan Johnson's Baby da vaqti-vaqti bilan asbest izlari topilayotganligi haqida maʼlumot eʼlon qilgandi. Agentlik maʼlumotlariga koʼra, 1970-yillardan 2000-yillarga qadar talk xom-ashyosi va tayyor kukun ham vaqti-vaqti bilan asbest uchun sinovdan oʼtgan va namunalar olingan. Asbest kanserogen boʼlib, oʼpka, halqum va tuxumdonlar saratoni, shuningdek mezotelioma (plevra va qorin parda saratoni) ni keltirib chiqarishi mumkin.

Kompaniya rahbarlari, menejerlar, olimlar, ekspertlar va korporativ huquqshunoslar muammodan xabardor boʼlgan, lekin bu haqda tegishli nazorat organlariga va jamoatchilikka xabar berishmagan.

Bir nechta sud jarayonlari sabab J &J 2020 yilda AQSh va Kanadada Johnson's Baby ni sotishni toʼxtatdi, lekin bu daʼvolarni kompaniya asossiz deb hisoblagan. 2023 yilda J & J talk asosidagi chaqaloq upasini ishlab chiqarishni toʼxtatib, endi uni joʼxori kraxmali asosida ishlab chiqarishini eʼlon qildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech