16:47 (28.06.2024)

875

JSST: Dunyoda 1,8 milliard kishi kamharakatlikdan aziyat chekmoqda

JSST tomonidan 2022-yili bu borada oʻtkazilgan tadqiqot natijalari yaqinda Buyuk Britaniyaning nufuzli “The Lancet” tibbiy jurnalida eʼlon qilindi.

Qayd etilishicha, 2010-2022-yillar oraligʻida kattalar oʻrtasida jismoniy faollik darajasi 5 foiz pasaygan. Agar bu tendensiya davom etsa, 2030-yilgacha kamharakatlik koʻrsatkichi 35 foizgacha oshishi mumkin.

Hozir bu borada eng murakkab vaziyat Osiyo-Tinch okeani mintaqalari (48 foiz) va Janubiy Osiyo (45 foiz)da kuzatilyapti.

Jismoniy faollik susayishi ayollar orasida koʻproq qayd etilmoqda. Qolaversa, 60 yoshdan oshganlar bu muammo bilan tez-tez roʻbaroʻ kelishyapti.

Shunga qaramay, ijobiy natijalar ham bor. Tadqiqotda aniqlanishicha, keyingi oʻn yil ichida dunyo davlatlarining deyarli yarmi bu yoʻnalishda maʼlum yutuqlarga ham erishgan.

Mazkur anʼana shunday davom etsa, 2030-yilga kelib, 22 mamlakat kamharakatlik darajasini 15 foizga qisqartirishga erisha oladi.

Shundan kelib chiqib, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti haftasiga 150 daqiqa oʻrtacha intensivlikdagi jismoniy faollik bilan shugʻullanishni tavsiya qilmoqda. Yoki 75 daqiqalik kuchli jismoniy faollik ham buning oʻrnini bosa oladi.

Aks holda, kamharakatlik infarkt, insult, 2-tur qandli diabet, demans, koʻkrak va yoʻgʻon ichak saratoni kabi kasalliklarning rivojlanish xavfini oshiradi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech