08:45 (28.05.2025)
160
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tumani bo‘limi, DXX va IIBB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda fuqaro M.A. inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasidan 182 donasini 13,6 mln so‘mga, fuqaro A.A. (muqaddam sudlangan) 46 donasini 3 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanganlar.
Shuningdek, tadbir davomida M.A. va A.A.ga dori vositalarini yetkazib beruvchi 3 nafar fuqorodan 653 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.