09:00 (23.04.2024)
670
Har yili aprel oyining oxirgi haftaligida JSST Yevropa mintaqasida “Immunizatsiya haftaligi” kunlari boʼlib oʼtadi.
Аholi orasida yuqumli kasalliklarning oldini olishda emlash tadbirlari ahamiyati toʼgʼrisida targʼibot ishlari olib borilib, bolalarni emlash tadbirlari amalga oshiriladi.
Respublikamizda ham davolash-profilaktika muassasalarida 21-27 aprel kunlari “Immunizatsiya haftaligi” tashkil boʼlib oʼtadi.
Bu yilgi Yevropada immunizatsiya haftaligi – Kengaytirilgan immunizatsiya dasturi tashkilotiga 50 yil toʼlishi bilan (RPI) va haftalik dasturida oxirgi ellik yillikda aholi orasida immunizatsiya, vaktsinalar bilan emlash tufayli minglab aholi, bolalarning hayoti saqlab qolingani, aholini hayoti, umri uzaygani toʼgʼrisida maʼlumotlar beriladi.
“Immunizatsiya haftaligida” olib boriladigan emlash tadbirlari kelgusida yuqumli kasalliklar bilan kasallanishni oldini olish, bolalarni sogʼlom voyaga yetishida – vaktsinatsiya eng samarali usullardan biri hisoblanadi. ()