09:06 (13.02.2025)

977

Ijtimoiy dorixonalarning bir-biridan uzoqlik masofasi, ya’ni oralig‘i qancha bo‘lishi kerak? 

Ijtimoiy dorixonalar dislokatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Quyidagilar ijtimoiy dorixonalar joylashishining asosiy omillari hisoblanadi:

➖ viloyat, tuman, shaharning ma’muriy-hududiy tuzilishi;

➖ hududning geografik, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari;

➖ shahar, tuman va qishloq aholi punktlaridagi aholining soni;

➖ ambulatoriya poliklinikalarida tibbiy xizmatni tashkil etish darajasi;

➖ijtimoiy dorixonalarning xizmat ko‘rsatish radiusi (ijtimoiy dorixonalarni tavsiya etilgan xizmat ko‘rsatish radiusi aholi sonidan kelib chiqqan holda hisoblanadi, shaharlarda 2-3 km, qishloq hududida 5 — 10 kmdan ko‘p bo‘lmagan masofada).

Ijtimoiy dorixonalar viloyat, tuman markazlarida, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlarida joylashtirilishi lozim.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech