12:00 (09.07.2024)

986

Xitoy farmatsevtika kompaniyasi Oʼzbekistonda dorivor oʼsimliklar yetishtirishga qiziqish bildirmoqda

Xitoy farmatsevtika kompaniyasi Oʼzbekistonda investitsiyaviy loyihani amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Oʼzbekiston bosh konsulxonasi diplomatlari Xitoyning Guangzhou Baiyunshan Zhongyi Pharmaceuticals kompaniyasi bosh direktori Nin Na muzokara oʼtkazdi. Unda Oʼzbekistonda farmatsevtika sohasida investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish, oʼzbek sheriklar bilan hamkorlikni yoʼlga qoʼyish masalalari muhokama qilindi.

Xitoy tomoni Oʼzbekistonda soʼnggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar, xususan, sogʼliqni saqlash, farmatsevtika yoʼnalishida yaratilgan imkoniyatlar, mavjud sanoat hududlari haqidagi batafsil maʼlumotlar bilan tanishtirildi.

Kompaniya delegatsiyasining Oʼzbekiston viloyatlarida dorivor oʼsimliklar yetishtirish investitsiyaviy loyihasini amalga oshirish imkoniyatlarini oʼrganish maqsadida mamlakatimizga safarini tashkil etish taklifi bildirildi.

"Guangzhou Baiyunshan Zhongyi Pharmaceuticals" kompaniyasiga 1662 yilda tashkil etilgan va u Xitoy anʼanaviy dori vositalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Kompaniya "Fortune-500" yirik korxonalar roʼyxatidan oʼrin olgan. Uning ishlab chiqarish korxonalarida 1200 dan ortiq xodim savdo, marketing va dorivor oʼsimliklarni yetishtirish bilan shugʼullanadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech