14:53 (20.09.2024)

310

Kimlarga uzoq vaqt davomida og‘riq qoldiruvchi vositalarni qabul qilish mumkin emas?

Keksa odamlarga, shuningdek, oshqozon-ichak kasalliklari, oshqozon yarasi yoki gastrit bilan og‘rigan bemorlarga uzoq vaqt davomida og‘riq qoldiruvchi vositalarni qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Mutaxassislarning fikricha, og‘riq qoldiruvchi vositalarni steroid gormonlar, antikoagulyantlar va antiagregant dorilar bilan bir vaqtda qo‘llash ayniqsa xavflidir. Agar og‘riq qoldiruvchi vositalarni muntazam ravishda qabul qilish zarur bo‘lsa, ularni me’da shirasi kislotaliligini pasaytiradigan antisekretor dorilar bilan birga qabul qilish kerak.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech