17:40 (24.06.2024)
670
“Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi “Komplayens-nazorat” xizmati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2020-yil 29-iyundagi PF-6013-son Farmoni va “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2021-yil 6-iyuldagi PQ–5177-son qarori hamda kompaniyaning korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat hujjatlari ijrosini taʼminlash borasida 2024-yil 20-iyun kuni Toshkent viloyat Dori-Darmon aksiyadorlik jamiyati xodimlari ishtirokida huquqiy-targʻibot yigʻilishi oʻtkazildi.
Yigʻilishda “Komplayens-nazorat” xizmati boshligʻi J.Qayumov kompaniya boshqaruv raisi tomonidan tasdiqlangan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat hujjatlari ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shu bilan birgalikda kompaniya tizimida sodir etilayotgan qonunbuzilish holatlarini qayd etib, kelgusida doimiy ravishda huquqbuzarliklarning oldini olish, sohaga doir qonun hujjatlariga toʻliq amal qilishni nazorat qilish borasida Komplayens-nazorat xizmati huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari bilan doimiy hamkorlikda ishlarni olib borayotganligi yuzasidan toʻxtalib oʻtdi.
Shuningdek, yigʻilish ishtirokchilari “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi Kuzatuv kengashi tomonidan 2024-yil 7-fevralida yangidan qabul qilingan “Komplayens-nazorat xizmati toʻgʻrisida”gi Nizomi bilan tanishtirilib, “Komplayens-nazorat” xizmatining asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlari haqida maʼlumotlar berildi. Hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi 2024-yil 5-iyun sanasidagi PQ-210-sonli qarorida yuklatilgan vazifalar tushuntirildi.
Yigʻilish yakunida sohaga doir qonun hujjatlariga toʻliq amal qilish va xodimlarni oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni belgilangan tartibda amalga oshirishlari orqali huquqbuzarliklarning oldini olish mumkinligi qayd etildi.