15:30 (25.03.2024)
979
“Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi “Komplaens-nazorat” xizmati tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʼzbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 2020 yil 29 iyundagi PF-6013-son Farmoni va “Korruptsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 2021 yil 6 iyuldagi PQ–5177-son qarori hamda kompaniyaning korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha ichki nazorat hujjatlari ijrosini taʼminlash maqsadida Kompaniyaning tijorat boʼyicha direktori N.Xusanov, kompaniya xodimlari va kompaniyaning tizimidagi maʼsuliyati cheklangan jamiyat direktorlari va xodimlari ishtirokida huquqiy-targʼibot yigʼilishi oʼtkazildi.
Yigʼilishda “Komplaens-nazorat” xizmati boshligʼi J.Qayumov kompaniya boshqaruv raisi tomonidan tasdiqlangan korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha ichki nazorat xujjatlari ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shu bilan birgalikda kompaniya tizimida sodir etilayotgan qonunbuzilish holatlarini qayd etib, kelgusida doimiy ravishda huquqbuzarliklarning oldini olish, sohaga doir qonun hujjatlariga toʼliq amal qilishni nazorat qilish borasida Komplaens-nazorat xizmati huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari bilan doimiy hamkorlikda ishlarni olib borayotganligi yuzasidan toʼxtalib oʼtdi.
Shuningdek, “Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi Kuzatuv kengashi tomonidan 2024 yil 7 fevralida “Komplaens-nazorat xizmati toʼgʼrisida”gi Nizomi bilan tanishtirib, “Komplaens-nazorat” xizmati asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlari bilan tanishtirildi.
Yigʼilishda yakunida sohaga doir qonun hujjatlariga toʼliq amal qilish va xodimlarni oʼzlariga yuklatilgan vazifalarni belgilangan tartibda amalga oshirishlari orqali huquqbuzarliklarning oldini olish boʼyicha tushuntirishlar berildi.