17:50 (13.06.2024)

685

Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulugʻbek tuman boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro  G.S. 1 008 dona “Reduksin layt” hamda 1 020 dona “Pro Lipolytic” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro M.X.ga 7,9 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “S.B.” MCHJga qarashli dorixona sotuvchisi M.U. xaridorga 45 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 700 ming soʻmga sotgan vaqtda ushlanib, dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Taxiatosh va Qoʻngʻirot tumani boʻlimlari tomonidan va IIV xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda “N-F.” hamda “D.” MCHJga qarashli dorixona sotuvchilari fuqarolar R.J. va D.S.ga tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalari boʻlgan dori vositalarini sotgan vaqtlarida ushlanib, ushbu dorixonalardan jami 48 ta dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech