09:02 (23.11.2023)
923
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirda “Z.-F.” xususiy korxonasi dorixona sotuvchisi B.M. jami 409 ta “Tebantin” va “Karbamazepin” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini fuqaro M.M.ga 1 mln soʼmga sotgan vaqtida ushlanib, dorixonadan yana 60 dona “Tebantin” dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Uchtepa tuman boʼlimi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirda, “L.7.” MChJ rahbari Sh.E. va boshqalar MChJ dorixonasida hech qanday hujjatsiz 20 dona “Gabapentin kanon” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro А.А.ga sotgan vaqtida ushlanib, dorixonadan yana 928 dona dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.