09:00 (30.01.2024)

813

Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirda “S.M.” MChJga qarashli dorixona sotuvchisi F.M. xaridorga hech qanday hujjatsiz jami 150 dona “Tebantin” va “Flebodia” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Shu kabi, Departament va DXXning Urgut tumani boʼlimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro V.X. Samarqand shahri “Gullar bogʼi” MFY hududida 50 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro G.K.ga sotgan vaqtida ushlanib, jami 90 dona dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech