11:52 (30.05.2024)
593
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tuman boʼlimi tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda “А.R.” MChJga qarashli dorixona sotuvchisi S.B fuqaro M.Sh.ga tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddasi boʼlgan 180 dona dori vositasini 4 mln soʼmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Chilonzor tuman boʼlimi tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda dori vositalari savdosi bilan shugʼullanib kelgan Gʼ.R. 14 dona “Galara” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro B.S.ga 1 mln soʼmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Yashnobod tuman boʼlimi tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda dori vositalari savdosi bilan shugʼullanib kelgan fuqarolar S.А. va А.K.ning yonidan 72 dona “Regapen” va 71 dona “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.