15:52 (15.04.2024)

680

Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Gʼuzor tuman boʼlimi tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda tadbirkor T.J.ning sport buyumlari sotishga moʼljallangan savdo doʼkoni sotuvchisi B.N. jami 400 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini hamda 1 dona paketdagi kukunsimon moddani fuqaro А.А.ga 1,1 mln soʼmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Zarafshon shahri boʼlimi tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda “F-F.” MChJga dorixonasi sotuvchisi Z.M. fuqaro I.T.ga shifokor retseptisiz 50 ta kapsuladagi “Reduksin” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 1 mln soʼmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech