12:00 (30.08.2024)
368
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bag‘dod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro G.D. “Qorako‘l” MFY hududidagi dorixonada norasmiy faoliyat yuritib, fuqaro M.X.ga 100 dona “Gabapentin kanon” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 250 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonada 623 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi, DXX va IIV xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “J.I.” MCHJga qarashli dorixonasi sotuvchisi B.S. fuqaro J.N.ga shifokor retseptisiz tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddasi bo‘lgan 2 quti “Benzanol” nomli dori vositasini 100 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan 300 dona dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.