16:05 (17.01.2024)
784
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman boʼlimi tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda “D.N.” MChJga qarashli dorixonada sotuvchisi J.X. fuqaroga 50 dona “Gabapentin” nomli dori vositasini shifokor retseptisiz 250 ming soʼmga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan 3 xil turdagi 640 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Yangixayot tuman boʼlimi tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda “Ph.I.” MChJga qarashli dorixonda 456 dona “Zardeks” va 500 dona “Gabapentin” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.