11:50 (13.02.2025)

560

Markirovkalanmangan mahsulotlarni sotib olish yoki sotish ulgurji savdo qoidalarining buzilishi hisoblanadi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 833-son qarori bilan tasdiqlangan "Mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash va ularning aylanmasini kuzatib borish qoidalari"ga muvofiq, quyidagilar ulgurji savdo qoidalarini buzilishi hisoblanadi:

➖ raqamli markirovkalanmangan mahsulotlarni sotib olish, tashish, saqlash yoki realizatsiya qilish (sotish);

➖ markirovka kodlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan elektron hisobvaraq-fakturalarni qabul qilmasdan raqamli markirovkalangan mahsulotlarni sotib olish, shuningdek realizatsiya qilingan (sotilgan) mahsulotlarning har bir birligi uchun markirovka kodlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan fiskal hujjatni yoxud elektron hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirmasdan raqamli markirovkalangan mahsulotlarni realizatsiya qilish (sotish);

➖ nuqsonli (brak bo‘lgan) raqamli markirovkalangan mahsulotlarni hisobdan chiqarish yoki sotish bilan bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra muomaladan chiqarish talablarini buzish.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 2271-moddasiga asosan tovarlarni (mahsulotlarni) sotuvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish — realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning ikki foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik jarima qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, — realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning yigirma foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech