17:50 (25.09.2024)
374
Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar Kengashining navbatdagi 13-rayosat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Toshkent shahar Kengashi raisi Gulnoza Toshpulatova - Davlat dasturi ijrosini ta’minlash bo‘yicha manzilli – tadbirlarning 1-yarim yillikda amalga oshirilishi, Toshkent shahar bo‘yicha mehnat huquq inspektori Muhiddin Sadiqov - Toshkent shahar bo‘yicha mehnat huquqi va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mehnat inspektorlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, Toshkent shahar bo‘yicha mehnat texnik inspektori Nilufar Mannonova - Sog‘liqni saqlash kasaba uyushmasi tizimidagi muassasalarda mehnatni muhofaza qilish va xavfsizligi bo‘yicha olib borilgan ishlar, Tashkiliy ishlar bo‘yicha yetakchi mutaxassis Murod Axunov - korxona tashkilot va muassasalarda kasaba uyushmasi tashkilotlarini tuzish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.
Hozirgi kunda mehnat huquqi va mehnat muhofazasi masalalari barcha tashkilotlar uchun dolzarb mavzu hisoblanadi. Chunki, hodimlarga yetarlicha sharoitlar yaratilib berilgandagina, ularda himoyalanganlik hissi vujudga keladi va o‘z kasb vazifalarini mukammal bajarishadi. Yig‘ilishda shu kabi mavzular atroflicha muhokama qilindi.
“Dori-Darmon” AK kasaba uyushmasi raisi D.Soliyeva ham mazkur yig‘ilishda ishtirok etdi. Moderatorlar kasaba uyushmasi qo‘mitalari raislari tomonidan berilgan savollarga javob berishdi.