08:51 (13.03.2025)

219

Sog‘liqni saqlash vazirligi davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan dori vositalari ro‘yxatini tasdiqladi

Ro‘yxatga 34 ta xalqaro patentlanmagan dori vositalari va 117 ta tibbiy buyumlar kiritilgan.

Shu bilan birga, ularni faqat majburiy sertifikatlashtirish sharti bilan qo‘llash mumkin.

Davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan dori vositalari va tibbiy buyumlar ro‘yxati tasdiqlandi. Tegishli buyruqni Sog‘liqni saqlash vaziri imzoladi.

Hujjatga ko‘ra, ro‘yxatga O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazilgan analoglari bo‘lmagan, tibbiyot amaliyotida qo‘llash va davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan, biroq majburiy sertifikatlangan holda olib kirishga ruxsat etilgan dori vositalari va tibbiy buyumlar kiritilgan.

Ro‘yxatga 34 nomdagi dori vositalari va 117 nomdagi tibbiy buyumlar kiritilgan. Mazkur buyruq 2028-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.

Quyida ba’zi dorilar keltirilgan:

1. Aflibersept (Aflibercept) - vena ichiga yuborish uchun eritma / intravitreal yuborish uchun eritma.

2. Sapropterin (Sapropterin) - tabletkalar 100 mg.

3. Burosumab (Burosumab) - inyeksiya uchun eritma 30 mg/ml.

4. Deflazakort (Deflazacorte) - tabletka 30 mg.

5. Miglustat (Miglustat) - kapsulalarda 100 mg dan.

6. Perampanel (Perampanel) - tabletkalar 2 mg, 4 mg, 8 mg, 10 mg.

7. Vigabatrin (Vigabatrin) - tabletkalar 500 mg; kukun 500 mg.

8. Modafinil (Modafinil) - 5 mg li tabletkalar.

9. Tetrakozaktid (Tetracosactide) - mushakga yuborish uchun suspenziya 1 mg/1 ml.

10. Mitomitsin (Mitomycin) - 10 mg, 20 mg inyeksion eritma tayyorlash uchun kukun.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech