14:50 (05.12.2023)
861
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Muzrabot va Furqat tumani boʼlimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirlarda “T.f.” oilaviy korxonasi hamda “Ph” MChJga qarashli dorixona sotuvchilari xaridorlarga “Tebantin” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini retseptsiz sotgan vaqtlarida ushlanib, ushbu dorixonalardan jami 149 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.