09:55 (27.11.2023)

1604

Allergik kasalliklar koʻrsatkichlari yuqori hududlarda ommaviy skrining tekshiruvlari oʻtkaziladi

“Allergik kasalliklarning oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori  (PQ–371-son, 23.11.2023-y.) qabul qilindi

Qarorga koʻra, allergik kasalliklarning oldini olish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:

-tibbiyotning birlamchi boʻgʻinidan boshlab allergik kasalliklarning epidemiologik koʻrsatkichlari ustidan nazorat kuchaytiriladi va manzilli skrining tekshiruvlari joriy etiladi.

2024-yil 1-yanvardan allergik va immunologik kasalliklarga chalingan “Ijtimoiy himoya yagona reestri”da boʻlgan bemorlarni ingalyatsion glyukokortikosteroid dori vositalari bilan bepul taʼminlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi. 

2024-yildan:

- allergik kasalliklar (shu jumladan mavsumiy allergiya) koʻrsatkichlari yuqori hududlarda yiliga kamida bir marta ommaviy va selektiv skrining tekshiruvlari oʻtkaziladi;

- hududlarda allergologiya va klinik immunologiya yoʻnalishida yuqori texnologik tashxislash va davolash amaliyotlari turlari bosqichma-bosqich 10 turdan 20 turgacha oshiriladi.

2024-yil 1-yanvardan Respublika ilmiy-ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi etib qayta tashkil qilinadi.

Toshkent shahri aholisi uchun allergik kasalliklar boʻyicha ixtisoslashtirilgan va shoshilinch tibbiy yordam Markaz tomonidan koʻrsatiladi.

2024-yildan quyidagilarni nazarda tutuvchi tizim joriy qilinadi:

- allergik kasalliklar keltirib chiqaruvchi aeroallergenlar tarkibi va mavsumiy tarqalish koʻlami hududlar kesimida oʻrganilib, uning natijalari Xalqaro molekulyar allergologiya markazi tomonidan Gidrometeorologiya xizmati agentligiga muntazam taqdim etib boriladi;

- aeroallergenlar tarkibi va mavsumiy tarqalish koʻlami toʻgʻrisidagi maʼlumotlar atrof tabiiy muhit ifloslanishiga oid maʼlumotlar bilan birgalikda tegishli veb-sayt va boshqa manbalar orqali eʼlon qilib boriladi.

2024-yil 1-aprelgacha allergik kasallikka chalingan bemorlarning elektron reestri yaratilib, amaliyotga tatbiq etiladi. 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech