08:55 (07.01.2026)
150
Qaror ehtiyot chorasi sifatida qabul qilingan va Nestle mahsulotlarini «global qaytarib olish jarayonining bir qismi» hisoblanadi. Bunga tashqi ta’minotchi tomonidan yetkazib beriladigan araxidon kislotasi tarkibidagi tsereulid toksinining ehtimoliy xavfi sabab bo‘lgan. Uning organizmga tushishi o‘tkir zaharlanishni keltirib chiqaradi, asosiy belgilari ko‘ngil aynishi, qusish va qorin og‘rig‘idir.
«Nestle Food» kompaniyasi O‘zbekiston hududida bolalar ozuqasi mahsulotlarining cheklangan miqdorini – tez eruvchan sutli va nordon sutli quruq aralashmalarni, shuningdek aminokislotalar asosidagi maxsus diyetik davolash uchun quruq aralashmalarning ayrim partiyalarini ixtiyoriy ravishda qaytarib olishini e’lon qildi.
Kompaniya xabariga ko‘ra, qaror ehtiyot chorasi sifatida qabul qilingan va Nestle mahsulotlarini «global qaytarib olish jarayonining bir qismi» hisoblanadi. Bunga tashqi ta’minotchi tomonidan yetkazib beriladigan araxidon kislotasi tarkibidagi tsereulid toksinining ehtimoliy xavfi sabab bo‘lgan. Uning organizmga tushishi o‘tkir zaharlanishni keltirib chiqaradi, asosiy belgilari ko‘ngil aynishi, qusish va qorin og‘rig‘idir.
Qaytarib olish quyidagi mahsulotlar partiyasiga tegishli:
• NAN 1 OPTIPRO – 51490346AB, 51750346AA, 51900346AE, 51760346AA, 52180346AB, 52670346AE, 52680346AD, 51500346BA, 51910346BA partiyalari.
- NAN 2 OPTIPRO – 5172080622, 5206080621, 5298080624, 5205080661, 5206080661, 5289080661, 5290080661, 5204080611, 5205080611 partiyalari.
- NAN Kislomolochniy (0-12 oy) – 51230017A1 partiyasi.
- NAN Supreme (0-12 oy) – 52790742C1 partiyasi.
- ALFARE Amino –51050017Y2, 51470017Y1, 52730017Y1 partiyalari.
Ta’kidlanishicha, ushbu ingrediyentning miqdori juda kam bo‘lishiga qaramay va O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlarida tsereulid toksini miqdorini me’yorlash talab etilmasa-da, Nestle kompaniyasining «ehtimoliy xavflarni kamaytirish bo‘yicha global qarori doirasida 5 yanvardan boshlab bolalar ozuqasi mahsulotining cheklangan partiyalarini ixtiyoriy ravishda qaytarish choralarini» amalga oshiradi. «Nestle Food» bu qaror haqida O‘zbekiston regulyatorini xabardor qilgan.
Qayd etilishicha, ko‘rsatilgan partiyalarning mahsulotini xarid qilgan iste’molchilar uni belgilangan tartibda qaytarishi mumkin. Mahsulotlarni qaytarib olish amaliyoti yuqorida keltirilgan mahsulotlarning boshqa partiyalari va Nestle kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonda taqdim etilgan bolalar ozuqasi boshqa mahsulotlariga tegishli emas.